Sinov-nazorat uchrashuvi. "Nasaf" "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2019
Bugun Qarshidagi “Sputnik” qo'rg'oni maydonida “Nasaf” va “Qizilqum” klublari o'zaro sinov-nazorat bahsida kuch sinashishdi.

Uchrashuv mobaynida har ikki jamoa ustozlari ham ko'rikda bo'lib turgan futbolchilar imkoniyatlarini ko'zdan kechirishdi. Yakunda 3:1 hisobi qayd etildi va o'yin “Nasaf” foydasiga hal bo'ldi.

Nazorat uchrashuvi
“NASAF” – “QIZILQUM” 3:1
Gollar:
Sherzod Temirov (22), Bobir Davlatov (72), Oybek Bozorov (75) – Alisher Sanoev (62)
Hakamlar: Ravshan Abduvoxidov, Baxrom Usmonov, Izzat Usmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
“Nasaf”: Abduvohid Ne'matov, Shodiyor Hojimatov, Aleksey Larin, G'olib G'aybullaev, Doniyor Narzullaev, Bobir Davlatov, Xurshidbek Muxtorov, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Sherzod Temirov, Umarbek Eshmurodov
“Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Alisher Sanoev, Doniyor Usmonov, Fayzullo Qambarov, Akrom Baxriddinov, Muhsinjon Ubaydullaev, Sherali Jo'raev, Murod Bobojonov, Eldor Boymatov, Salim Mustafoev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pfl.uz