Singapurlik milliarder Valensiyani sotib olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
22 dek 2013, 13:27
Singapurlik milliarder Piter Lim Ispaniyaning Valensiya klubi akciyalarini sotib olmoqchi.
Ispaniya klubi "Bankia" bankidan olgan qarzlari tufayli moliyaviy qiyin holatda qolgan.

Lim Valensiyani sotib olsa dastlab klub uchun 400 million evro safrlaydi.

Bu pullar klub akciyalarini sotib olish va qarzlarni to'lash, qurilayotgan stadionni oxiriga etkazish va tarkibni kuchaytirishga ishlatiladi.

2010 yilda Lim Liverpul akciyalarini 320 million funt evaziga sotib olmoqchi bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru