

Toshkent vaqti bilan soat 16:45da boshlanadigan bahs uchun championat.asia sayti jamoasi o'zining taxminiy tarkibini tuzib chiqdi.
Aytish kerakki bu taxminiy tarkib Yamanga qarshi o'tkazilgan mashg'ulotlarni kuzatishimiz natijasida tuzildi. Vadim Abramov Yaman bilan o'yinga nisbatan ikkita o'zgarishni amalga oshirishini taxmin qilamiz. Taktik sxema esa xuddi Yaman bilan o'yindagi kabi 4-3-3 ko'rinishida qoladi.
Demak bugun darvozani Eldorbek Suyunov egallaydi.
Himoyada o'ng qanotda Xojiakbar Alijonov o'ynasa, chap qanotda katta ehtimol bilan Sharof Muhitdinov harakat qiladi. Markazdagi tandem o'zgarmaydi: To'xtaxo'jaev va Ashurmatov.
Tayanch yarim himoyada Otabek Shukurov harakat qilsa, uning yonida Odil Ahmedov va Jamshid Iskanderov to'p tepishlarini taxmin qilamiz.
Hujumda qanotlarda Hamdamov va Masharipov o'ynashsa, markazda Shomurodov o'ynaydi.
Singapur bilan bahs uchun rasmiy tarkib uchrashuv boshlanishiga 1 soat qolganida e'lon qilinadi.



