Yaponiyada Devid Moyes jamoasi tarkibiga Sindzi Kagava, Eshli Yang va Kris Smolling kabi futbolchilar qo'shilishdi. Sindzi Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgani uchun endi tatildan qaytdi, Yang va Smolling jarohatlarini davolab bo'lishdi va endi jamoa bilan birga mashg'ulotlar o'tkazishadi.
Endi Moyes ixtiyorida 23 nafar futbolchi bor. Klub 23 iyul kuni Yokogama F. Marinos va 26 iyul kuni Sereso Osaka bilan uchrashadi. So'ngra Angliya chempioni Gonkongga borib mahalliy Kitchi klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.