Xavi Simons London klubiga o'tishga tayyor

Alisher Ostonov
27 iyul 2025, 20:56
"Chelsi" "Leyptsig" bilan Xavi Simons bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Sky Sport Deutschland jurnalisti Filipp Xinse xabariga ko'ra, hozirda nemis klubi rasmiy taklifni yozma ravishda kutmoqda.

Yarim himoyachi London jamoasiga o'tishga tayyor. "Ko'klar" niderlandiyalik futbolchiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Bungacha, "Chelsi" Simonsni 56 mln funt evaziga qo'lga kiritishga umid qilayotgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/philipphinze24