Simonenko "Bunyodkor"ning Dubaydagi yig'iniga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2014
Ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko Toshkentning "Bunyodkor" klubi mashg'ulotlariga qo'shildi.
Bugun futbolchiga "qaldirg'ochlar" qiziqib qolishgani haqida xabar bergandik. Klub qarorgohidan olgan ma'lumotlarimizga ko'ra Simonenko Dubayga yetib borgan va jamoa ixtiyoriga qo'shilgan.

"Bunyodkor"ning Toshkentdagi yig'inida ishtirok etgan ukrainalik legioner Rizvon Ablitarovga esa javob berilgan.

Mirjalol Qosimov shogirdlari bugun mahalliy vaqt bilan 18:00da (19:00 Toshkent) navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishadi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" bu yig'indagi ilk nazorat uchrashuvini 22 yanvar kuni "Rostov"ga qarshi o'tkazadi. "Qaldirg'ochlar" Dubayda Moskvaning "Dinamo" va "Spartak" klublariga qarshi o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia