Simeone: "Sutka davomida futbol haqida 24 soat o'ylayman"

Alisher
13 okt 2021, 18:01
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone futbolga bo'lgan bog'liqligi haqida gapirdi.

"Sutka davomida futbol haqida 24 soat o'ylayman. Men doim aytganman, o'yinlarni butunlay unutish imkonsiz. Kinoteartga kirasiz va film 90 daqiqa davom etadi. Kino ajoyib bo'lishi mumkin, ammo pauza bo'lib qolsa, men o'ylashni boshlayman, kim o'ynamoqda: Feliks yoki Korrea".

Murabbiyning so'zlariga ko'ra, dam olayotganda yoki uyquga tayyorgarlik ko'rayotganda, u keyingi o'yinda qanday tarkibni maydonga tushirishni o'ylaydi.

"Buni yoningizdagilarga tushuntirish qiyin. Ammo, o'zing dam olayotganingda va uxlayotganingda ham o'ylashdan to'xtamaysan", - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo