Simeone Suaresning kelajagi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
15 may 2022, 09:15
“Atletiko” ustozi Diego Simeone hujumchi Luis Suares yozda jamoani tark etishini tasdiqladi.

“Luis bilan noyabrda gaplashgandim. Bu uzoq, jiddiy, ammo samimiy suhbat bo'ldi. Har ikki tomon o'z kelajagi va bugunini qanday ko'rishi haqida gaplashdik. O'shandan boshlab bir-birimizning qarorimizni xurmat ko'rsatdik. Shu sababli, undan cheksiz minnatdorman”, deydi argentinalik mutaxassis.

Suares joriy mavsum “matraschilar” safida 43 bahsda qatnashib, 13+2 natijaga erishdi. 2019 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo