Simeone: "Natija uchun o'ynadik"

Mirjalol Normatov
27 apr 2018, 10:29
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Yevropa ligasi yarim finali doirasida "Arsenal"ga qarshi bahsdan so'ng matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bunday stadionda, muxlislar qarshisida, ularning bosimi ostida  odam dovdirab qoladi, shu boisdan juda qiyin o'yin o'tkazdik. "Atletiko" futbolchilari natija uchun o'ynashga harakat qilishdi. Ammo muxlislar har tomonlama bosim o'tkazdi.

Biz Yevropa ligasida qanday o'ynash kerakligini ko'rsatdik. "Barselona"ga qarshi bahs yodimga tushdi, o'shanda Felipe Luis 13-daqiqada qizil olgandi. Yoki qaysidir uchrashuvda Torres bilan ham shunday holat sodir bo'lgandi. Bugun jamoa futbolchilari fantastik ishni bajarishdi. Biz natija uchun harakat qildik, biroq o'yin juda qiziqarli bo'ldi", - dedi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com