Simeone "Milan"ga o'tmasligini aytdi

Mirjalol Normatov
3 may 2018, 21:35
"Fiorentina" hujumchisi Jovanni Simeone "Milan"ga o'tmasligini aytdi.

"Fiorentina"da o'zimni yaxshi his qilyapman va shu yerda qolishni istayman. Bu klubda bir yildan buyon to'p tepyapman. Bu shaharning insonlari, muxlislaridan mamnunman. Meni kuzatayotganlarning barchasiga rahmat aytaman", - dedi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia