Simeone: "Men Grizmanning 5 yil davomida qilgan ishlarini qadrlayman"

Alisher
20 iyul 2019, 15:47
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Antuan Grizmanning "Barselona"ga o'tganidan hafa emas.

- Men Grizmanning 5 yil davomida klubimiz uchun qilgan ishlarini qadrlayman. "Barselona"ga o'tish uning faoliyatidagi muhim damlardir. Men u bilan ko'p muloqot qilaman.

Antuanni juda ham yaxshi ko'raman va menda uning oilasi bilan yaxshi aloqalar bor. U agar shu darajada davom etsa, ajoyib mavsum o'tkazish uchun yaxshi klubga o'tdi desak bo'ladi.

28 yoshli fransiyalik futbolchi "Atletiko"ga 2014 yilda kelgan. U bu vaqtga qadar 257ta o'yinda qatnashib, o'z hisobiga 133ta gol va 50ta assistni yozdirib qo'yishga erishgan.

Uning Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yil 30 iyunga qadar amal qiladi va uning tovon puli 800 million evroga teng.

"Barselona" esa uning transferini amalga oshirish uchun 120 million evro miqdorida tovon puli to'lashiga to'g'ri keldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TyC Sports