Simeone Grizmanning kelajagi haqida: "Uni yo'qotishdan qo'rqmayman"

Aslanov Jasurbek
11 may 2019, 20:10
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Antuan Grizmann "Barselona"ga o'tishi borasidagi xabarlarga fikr bildirdi.

"Bu mavzu ko'tarilgandan beri har doim bir xil fikr bildiraman. Grizmann bizning sardor, u hammasidan mamnun. Biz unga xizmatlari uchun chuqur ehtirom ko'rsatamiz.. 

Lekin, men Antuanni yo'qotishdan qo'rqmayman. U bizning sardor. Nima bo'lishi bizga bog'liq emas", - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca