

"To'g'risini aytaman. Korrea, Feliks, Grizmann, Morata, Kunya bilan g'alaba qozonishni istayman. Bu haqiqat. Ayni paytda Joauning o'yin saviyasi tushib ketgan, shuning uchun maydonga boshqa o'yinchilar tushishmoqda. Feliksni hamma qatori ko'raman. Qachon formaga kirsa o'ynaydi. U o'z ustida ishlashi kerak", – dedi Simeone.
22 yoshli Feliks joriy mavsum "Atletiko" tarkibida 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



