

"Biz 70-80-daqiqaga qadar o'yin taqdirini hal qila olmadik. To'g'ri qarorlar chiqarmaganimiz bois ular bizni qarshi hujumlarda jazolashdi. Raqib ikkita yaxshi qarshi hujum evaziga yutib ketdi.
Endi bu o'yinni unutishimiz kerak. Bizni oldinda ikkita o'yinda yutgan "Bryugge" kutmoqda. Ularga qarshi ketma-ket ikki marta o'ynashimiz kerak, bu og'ir bo'ladi. YCHL guruh bosqichida odatda shunday o'tadi", – dedi Diego Simeone UEFA rasmiy saytiga.




