Simeone "Atletiko"ning La Ligadagi yetakchiligi haqida: "Faqatgina keyingi raqib haqida o'ylaymiz"

Alisher
25 yanv 2021, 10:43
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga doirasidagi "Valensiya" (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng zaxira o'yini bilan 7 ochkolik farq haqidagi savolga javob berdi.

"Biz faqat "Kadis" haqida (madridliklarning La Ligadagi keyingi raqibi), har bir mashg'ulotlarda qanday qilib eng yaxshi bo'lish, nimani yaxshilash kerakligi haqida o'ylaymiz.

Bugun birinchi bo'lim shuni ko'rsatdi, ammo biz ikkinchi bo'limda "Valensiya"ning zaif tomonlarini sezib yaxshi o'ynadik.

Shunday ekan bu vaziyatda eng yaxshi yo'l - o'yindan o'yinga o'tish", - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca