

"Bu bahs har xil uslubda o'ynaydigan jamoalarning ajoyib o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, ammo 60-daqiqadan raqib ko'proq hujum qila boshladi, chunki ular hisobni tenglashtirishni istayotgandi. Yaxshi himoyalandik, biroq xohlaganimizdek o'ynay olmadik.
Saul o'sishda davom etyapti, u biz uchun juda muhim futbolchi. Biz unga katta umid bildiryapmiz, chunki Saul kelajagimiz" - deydi Simeone.



