Silvio Berluskoni: "Yevropada "Inter"ga muxlislik qilaman"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2014, 12:20
"Milan" prezidenti Silvio Berluskonining takidlashicha, u evrokuboklarda "Inter"ni qo'llab-quvvatlaydi, chunki bu jamoa uning shahri sharafini himoya qiladi.

"Bu haqiqatdan ham shunday. "Milan" bu yil Yevropada o'ynamaydi, shu sababli xalqaro arenada bizning shahar sharafini himoya qilayotgan "Inter"ga muxlislik qilaman. Men milanlikman va ko'k-qoralar prezidenti bilan munosabatim doimo yaxshi bo'lgan" - deydi Berluskoni.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru