Siavash Haqnazariy: "Eron terma jamoasining yangi murabbiyi hujumchilarga erkinlik bermoqda"

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023, 14:30
OKMK jamoasining eronlik futbolchisi Siavash Haqnazariy JCH-2026 saralashi O'zbekiston – Eron uchrashuvi oldidan taxminini bildirdi.

"Qiziqarli o'yin bo'lishi aniq. Guruhdagi ikki favorit jamoa to'qnash kelmoqda va ikki jamoaga ham g'alaba kerak. 

Eron terma jamoasining yangi bosh murabbiyi ko'proq hujumkor o'yin tarafdori ekanligini isbotladi. U hujumchilarga erkinlik berdi va ularning individual mahoratiga ishonch bildirmoqda. 

O'zbekiston terma jamoasi ham bugungi uchrashuvga optimal tarkib bilan yetib keldi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi O'zbekistonga ustunlik beradi. Aynan muxlislarning ko'z o'ngida terma jamoangiz futbolchilari eng yaxshi o'yinini namoyish etishsa kerak. O'yin teng kurashlar ostida kechishiga qaramay, Eron terma jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozonsa kerak", – dedi Haqnazariy.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia