Shyurrle "Borussiya"dan ketishi mumkin

Alisher
17 iyul 2019, 11:26
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Andre Shyurrle faoliyatini "Ayntarxt"da davom ettirishi mumkin.

Frankfurt klubi futbolchini ijaraga olib, so'ngra uni sotib olishi mumkin.

Shyurrle yakunlangan mavsumni ijara asosida "Fulxem"da o'tkazdi. Germaniyalik 25ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.

Futbolchining "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil iyunga qadar mo'ljallangan.

Hujumkor futbolchi "Borussiya" va "Fulxem"dan tashqari "Maync 05", "Bayer 04", "Chelsi" va "Volfsburg" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Frankfurter Rundschau