Shveytsariya termasi kiperi: “Robert De Niroga qo'ng'iroq qilaman”

Eldor Akmurzayev
29 iyun 2021
Evro-2020 1/8 finalida Shveytsariya terma jamoasi musobaqa favoritlaridan biri bo'lgan Fransiyani musobaqadan chiqarib yubordi.

Penaltilar seriyasida Kilian Mbappening zarbasini qaytargan darvozabon Yan Zommer bahsni gollivud filmiga qiyosladi.

“Robert De Niroga qo'ng'iroq qilib, bu filmda meni o'ynashni xohlaydimi yo yo'qligini so'rab ko'raman.

Tarixni yaratdik. Bor kuchimizni maydonda berdik. Jahon chempioniga qarshi o'yinda 1:3 dan chiqib kyetish … Hech kim bizga ishonmadi, ammo biz barchasini o'zgartirib, oxirigacha kurashishimizni isbotladik. Fransiya 1:3 bo'lganida biroz xotirjam harakat qildi, biz esa bundan sovuqqonlik bilan foydalandik”, deydi Zommer.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua