Shvetsiya darvozaboni: Yana Ronalduning ko'z yoshlarini ko'rmoqchiman

Narzulla Saydullayev
12 noya 2013, 22:28
Kopengagen va Shvetsiya terma jamoasi posboni Yuxan Viland JCH-2014 pley-offi doirasidagi Portugaliyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
Albatta, men Evro-2004da Ronalduning qo'z yoshlarini yaxshi eslayman. Bu juda ta’sirli vaqt edi. Buning takrorlanishini ko'rishni istardim.

Bizning o'yinlarimizdan so'ng Krishtianu Ronaldu yana yig'lasa yaxshi bo'lardi, – deydi Viland.

Eslatib o'tamiz, Shvetsiya va Portugaliya o'rtasidagi o'yinlar 15 va 19 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru