Shvaynshtayger faoliyatini MLS ligasida davom ettirishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 avg 2016, 09:32
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger faoliyatini MLS ligasida davom ettirishni istamoqda.

Futbolchi mankunianliklar ustozi Joze Mourinyoning rejalariga kirmayapti va klub uni sotishga tayyor.

Oldinroq MYU Yevropaning boshqa klublaridan Shvaynshtayger borasida takliflar oldi, biroq ularni rad qildi.

Shvaynshtayger MLS ligasiga o'tishi uchun MYU bilan shartnomani bekor qilishi va erkin agentga aylanishi lozim.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk