Shvaynshtayger: "Agar Mourinyo "Manchester Yunayted"ni boshqarsa, bizni o'zgacha mavsum kutib turibdi"

Aslanov Jasurbek
25 may 2016, 18:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger jamoani Joze Mourinyo boshqarishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Jamoamiz yangi murabbiyi kim bo'lishini hozircha bilmaymiz, ammo kelasm mavsumda bizni juda qiziq mankunianlar derbisi kutib turibdi. "Yunayted"ning barcha futbolchilari Mourinyo qo'l ostida ishlashni istaydi va agar u klubga kelsa, bizni o'zgacha mavsum kutib turibdi.

Van Gal bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Aynan u meni "Bavariya" yarim himoyasi markaziga qo'ygan va undan minnatdorman. "Yunayted"ga o'tishim ham u tufayli sodir bo'lgan. Menga katta yordam bergan inson haqida hech qachon yomon gapirmayman. Mavsum davomida jamoa jarohatlar epidemiyasiga uchradi, ammo sovrin qo'lga kirita oldik" - deydi Shvaynshtayger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal