Shvaynshtayger: "Shaxtyor" bilan uchrashuvda hakam xar doim ham to'g'ri qaror qabul qilmagan"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2015, 12:16
"Bavariya" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger "Shaxtyor"ga qarshi uchrashuvda Alberto Undiano Malenko boshchiligidagi hakamlar qaroridan ko'ngli to'lmadi.

"Biz xursand emasmiz. Gol urishga urindik, ammo buni amalga oshira olmadik. "Bavariya" kuchli jamoaga qarshi o'ynadi, ammo raqibga zarba berish uchun imkoniyat bermadik. Ularni hurmat qilamiz. Javob uchrashuvi juda qiziq bo'lishi aniq.

Hakam xar doim ham to'g'ri qaror qabul qilmadi. Nima ham qilardik? Bugun yaxshi o'yin namoyish etdik. Gol urmaganimiz yomon bo'ldi. Javob uchrashuvda hakam o'yini boshqara oladi degan umiddamiz" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com