Shunchaki qoyil! 6 ochkodan mahrum bo'lgan Kanada ayollar terma jamoasi pley-offga yo'l oldi. Chorak final juftliklari bilan tanishing

Khoja
1 avg 2024, 07:45
Kecha Parijda davom etayotgan olimpiadaning ayollar o'rtasidagi futbol bahslarining guruh bosqichi yakunlandi.

Musobaqa davomida olti ochko olib tashlangan Kanada terma jamoasi ham chorak finalga yo'l oldi. Ular o'z guruhlarida ikkinchi bo'lishdi.

Shuningdek, Martasi bor Braziliya termasi ham o'z guruhida uchinchi bo'lib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Biroq Marta Fransiyaga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Sababi ayollar futbolining afsonasi guruh bosqichining uchinchi turida qizil kartochka olgan. 

Chorak final juftliklari bilan tanishing:

Fransiya - Braziliya

Ispaniya - Kolumbiya

AQSH - Yaponiya

Kanada - Germaniya

Uchrashuvlar 3 avgust kuni bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com