Shukurali Po'latov: "Neftchi"ni tark etdim"

Narzulla Saydullayev
13 dek 2013
Oxirgi kunlarda "Neftchi" lagerini birin ketin yetakchilar tark etmoqda.
Himoya markazida mazmunli harakatlari bilan mahalliy muxlislarning olqishiga sazovor bo'lgan Shukurali Po'latovning farg'onaliklar bilan tuzgan shartnomasi o'z kuchini yo'qotgandi. Shu bois futbolchi kelgusi taqdirini boshqa bir jamoa bilan bog'lamoqchi. 

- Uzoq o'ylanishlardan so'ng, kecha rasman "Neftchi"ni tark etdim. Kecha bazaga borib, jamoa a'zolari bilan xayrlashib keldim. Oldimda bir nechta variantlar bor. Ularning ichida "Bunyodkor"dan kelib tushgan taklif qiziqroq tuyulmoqda. Niyatim kelasi yil o'zimni OCHL bahslarida sinab ko'rish. "Neftchi"da eng katta turnir men uchun bu - OFK Kubogi musobaqasi bo'ldi. Nasib qilsa endi OCHLda ham o'ynayman. Mamlakatimiz chempioni safiga qachon qo'shilishim aniq emas. Bu variant hali amalga oshadimi yo'qmi vaqt ko'rsatadi", - deydi Shukurali Po'latov "CA" saytiga.


Fotoda Shukurali Po'latov "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan Anvar G'ofurovga qarshi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia