Shukurali Po'latov: “Jamoamiz ikkinchi davraga tayyor”

Aslanov Jasurbek
6 avg 2017, 12:31
Ikkinchi davraning ilk uchrashuvini “Qizilqum” o'z maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan o'tkazadi. Hozirda ushbu bahsga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Navoiyliklar yetakchi himoyachisi Shukurali PO'LATOV o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Ikkinchi davra bellashuvlariga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, deb o'ylayman. Toshkentdagi yig'inda asosiy e'tibor o'rtoqlik o'yinlariga qaratildi. Jamoaning o'yin amaliyoti kuchaytirildi.  Jamoamiz ikkinchi  davraga tayyor.  Bugun o'z maydonimizda jiddiy raqib – “Paxtakor”ni qabul qilamiz.  Muxlislarimiz uchrashuvga kelib, stadionni to'ldirib, bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, ularni xursand qilish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Birinchi davrada ko'p o'yinlarda, ayniqsa o'z maydonimizda keraksiz joyda ochko yo'qotdik. Nasib etsa, mavsumning ikkinchi yarmida chiroyli o'yin namoyish etib, kerakli ochkolarni jamg'aramiz.

“Qizilqum” matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia