Shuker: "Premer-Liga - dunyoning eng zo'r ligasi"

Narzulla Saydullayev
16 noya 2014, 22:00
Xorvatiya terma jamoasi sobiq hujumchisi, ayni paytda XFF rahbari lavozimida ishlayotgan Davor Shuker Angliya premer-ligasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Menga Premer-Liga yoqadi. Bu dunyoning eng zo'r ligasi, Londonda ko'plab do'stlarim bor. U yerda "Arsenal" va "Vest Xem" safida o'ynaganman.

"Kanonirlar"ni oldinda katta o'yinlar kutmoqda. Ulardan biri "Borussiya"ga qarshi kechadi. "Anderlext" bilan bahsda ularga shunchaki omad yetishmadi. Bunday holatlar bo'lib turadi", - deydi Shuker.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru