Xorvatiya bilan o'yinda hal qiluvchi golni juda ajoyib tarzda urgan Boltaboev "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Jamshid bu yil birinchi ligada "Paxtakor-2" sharafini himoya qildi. Shu bois ushbu jamoa murabbiyi Shuhrat Rahmonqulovdan Boltaboev haqida fikrlarini so'radik.
- Bilasizmi Jamshidning bu yil birinchi ligada o'ynagani, JCHda unga katta foyda keltirmoqda. Chunki birinchi ligada u o'zidan katta yoshdagi futbolchilarga qarshi to'p tepdi. Bu esa Boltaboevning o'z kuchiga bo'lgan ishonchni oshirib yubordi. Mana barchamiz ko'ryapmiz, Jamshid JCHda raqiblaridan hayiqmay o'ynamoqda.
- Jamshid universal futbolchi. Himoyada ham yarim himoyada ham bemalol o'ynay oladi. Bunday toifadagi futbolchilar har qanday jamoaga kerak.
- Boltaboev birinchi ligada joriy mavsumdan buyon o'ynay boshladi. Yosh bo'lishiga qaramay xarakatlari yomon emas. Shuning uchun ham u bu yilgi o'yinlarning deyarli barchasida ishtirok etdi. "Paxtakor-2"da uni himoyada va yarim himoya chiziqlarida o'ynatdik.
- Futbolchimizning harakteri ham juda yaxshi. Garchi mana bu yilgi chempionat o'yinlarida gollar urishiga qaramay, ortiqcha taltayib kyetmadi. Shaxsan menga uning insoniylik jihati va o'yini yoqadi.
- JCHdan keyin ham Boltaboev har xil asossiz gaplarga quloq solmay, o'z ustida har galgidek ishlashda davom etsa kelajakda undan yanada ajoyib futbolchi chiqadi. Jamshidning kelajagi porloq.
Islombek Rustambekov yozib oldi.