Shuhrat Muhammadiev: "Turning ramziy terma jamoasiga kirishimni kutmagandim"

3 iyul 2015, 16:48
Oliy liganing 15-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olgan "Nasaf"ning qanot himoyachisi Shuhrat Muhammadievning fikrlari bilan qiziqdik.

"Derbi har doim keskin kurashlarga boy bo'ladi. Biroq bu o'yinda "Mashal"ning bir qator asosiy tarkib futbolchilari ishtirok eta olmaganini ham ta'kidlab o'tish lozim. Tezkor gol kiritib olganimiz bizga qo'l keldi. Lekin birinchi bo'limda jamoamiz ko'rsatgan o'yin qoniqarli bo'lmadi. Ikkinchi taymda o'yinimizni yaxshilay oldik va yana ikkita to'p kiritdik. Bu uchrashuvdagi ishtirokimdan ko'nglim to'ldimi? To'liq qoniqmadim. Ammo kiritilgan gollarda o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Lekin bu yerda nafaqat men, balki boshqa jamoadoshlarimiz ham yaxshi o'ynashdi. Men shunchaki o'z ishimni qildim. Bu vaziyatlarda menga Artur Gevorkyan ham ko'maklashdi. Umuman Ara bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunib harakat qilamiz. Turning ramziy terma jamoasiga kirishimni kutmagandim. Bu albatta yoqimli", - deydi "Nasaf" himoyachisi Shuhrat Muhammadiev.


Eslatib o'tamiz, Oliy liganing 15-tur o'yini "Nasaf" - "Mashal" (3:0) uchrashuvida Shuhrat Muhammadiev ikkita golga hammualliflik qilgandi.


Manba: championat.asia