

"Avvalambor "Bunyodkor" jamoasi rahbariyati, muxlislari, xodimlari, futbolchilarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman! Ayniqsa, o'yinchilarga rahmat aytaman. Boisi, yigitlar murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Tatilga yaxshi kayfiyatda yo'l oladigan bo'ldik.
Futbolchilar bilan "Surxon" jamoasini o'yinini ko'rib, o'rganib chiqqandik. Bugungi raqibimizning "Qizilqum" bilan o'yini menga yoqqan edi. Mensimaslik haqida gap yo'q. Hamma jamoa hurmat qilinadi. Bugungi g'alaba futbolchilarniki, ular bunga haqli ravishda erishishdi.
So'zim yakunida AGMK futbol klubiga maydonni bizga yaxshi holatda tayyorlab bergani uchun minnatdorchilik bildiraman!", – deydi Shuhrat Maqsudov.



