"Shtutgart" "Arsenal" himoyachisini to'liq sotib oldi

Narzulla Saydullayev
19 may 2022
Konstantinos Mavropanos endi "Shtutgart"ning to'laqonli a'zosi.

Germaniyaning "Shtutgart" klubi o'zining rasmiy saytida Konstantinos Mavropanosni to'liq sotib olganini e'lon qildi.

24 yoshli futbolchi 2025 yilning yoziga qadar nemis klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Mavropanos "Shtutgart" tarkibida ushbu mavsum 33 marta maydonga tushib, beshta gol va bitta assist qayd etdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: https://en.stuttgart.de/