Shtarke "Bavariya"da darvozabonlarni shug'ullantiradi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2018, 15:17
"Bavariya" sobiq posboni Tom Shtarke Myunxen klubi darvozabonlarining yangi murabbiyiga aylandi.

Nemis klubi bosh murabbiyi Niko Kovach 37 yoshli Shtarkeni yangi rolda tanishtirdi.

"Tom yana jamoamizning bir qismi bo'lishni istadi. Hamma u bilan yaxshi tanish deb o'ylayman" - deydi Kovach.

Eslatib o'tamiz, Shtarke 2017 yilning may oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Shtarke faoliyati davomida "Bayer", "Gamburg", "Paderborn", "Duysburg" va "Xoffenxaym" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild