Shou: "O'zimni yaxshi his qilyapman va formamni tiklayapman"

Aslanov Jasurbek
12 apr 2017, 15:18
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoning tanqidlaridan so'ng o'zini yanada yaxshi his qilayotganini aytdi.

"O'zimni yaxshi his qilyapman va formamni tiklayapman. Mashg'ulotlarda ter to'kib ishlab, o'ynayshda davom etishni istayman. Ishonch qaytayotganini his qilmoqdaman.

Agar Yevropa ligasida g'olib bo'lishni istasak ushbu turnirdagi har bir o'yinga finaldek munosabatda bo'lish lozim. Yevropa ligasi biz uchun o'zgacha ahamiyatga ega, chunki u Chempionlar ligasiga yo'llanma beradi. Bunday jamoani to'xtatish qiyin bo'ladi" - deydi Shou.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports