

O'tgan mavsumni Metallurg klubi safida o'tkazgan, mavsum oldi tayyorgarlikni Mashal jamoasida o'tkazayotgan hujumchi Farrux Shotursunov Dinamo mashg'ulotlariga kelib qo'shildi. 24 yoshli hujumchi 2013-2014-2015 yillarda jamoamiz sharafini himoya qilgandi.
Shuningdek, o'tgan mavsumni Farg'onaning Neftchi klubi safida o'tkazgan Damir Nizanov ham jamoamiz ko'rigida ishtirok etdi. Murabbiylar ko'rigidan keyin futbolchilarning jamoadagi taqdiri oydinlashadi.


