Shotlandiya himoyachisi jarohat tufayli "Arsenal" ixtiyoriga qaytadigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2024, 19:50
"Arsenal" va Shotlandiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Kiran Tirni Evro-2024'da boshqa o'ynamaydi.

Tirni Shveytsariyaga qarshi o'yinda (1:1) to'pig'idan jarohat oldi, shu sababli maydonni zambilda tark etdi. Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, Tirni davolanish uchun "Arsenal" ixtiyoriga qaytishi kerak degan qarorga kelindi.



Shotlandiya uchun Tirni markaziy himoyaning chapida harakat qildi. 

Avvalroq Germaniyaga qarshi o'yinda (1:5) o'ta qo'pol ravishda qoida buzgani uchun qizil kartochka olgan markaziy himoyachi Rayan Porteus guruh bosqichi so'nggga qadar diskvalifikaciya qilingandi.

Shotlandiya 23 iyun kuni pley-off yo'llanmasi uchun Vengriyaga qarshi o'ynaydi. Faqat g'alaba Stiv Klark jamoasiga 1/8 final yo'llanmasi uchun imkon qoldiradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph