

Topshirilgan test natijalari "sherlar" ustozida virus infekciyalari borligini ko'rsatdi. Buni klub rasmiy vakillari ham tasdiqlashdi. Biroq hozirda muammo shundayki, murabbiy 7 yoki 14 kun karantinda bo'lishi kerak. Ertaga bunga ham aniqlik kiritiladi. Shu fursatdan foydalanib, Shota Yustinovich tezroq tuzalib, safga qaytishini tilab qolamiz.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" 23 sentyabr kuni OCHLning 6-turi doirasida "Shaxr Hodro" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 23:00da start oladi.



