Shota Arveladze Toshkentga qaytgan va karantinga kirgan

Narzulla Saydullayev
30 may 2020, 09:28
"Paxtakor"ning gruziyalik bosh murabbiyi Shota Arveladze mart oyida Turkiyaga uchib ketgani haqida ma'lumot bergandik.

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, karantin davrini Istanbuldagi uyida o'tkazgan Shota Arveladze bir necha kun oldin Turkiyadan qo'yilgan charter-reys orqali Toshkentga qaytgan. Ayni pallada esa Arveladze xorijdan kelgan barcha hamyurtlarimiz qatori ma'lum qoidalarga ko'ra karantinda bo'lib turibdi. 

Eslatib o'tamiz, 2020 yil 5 iyundan boshlab O'zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi. PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Diyor Imomxo'jaev esa o'yinlar 5 iyundan keyinroq boshlanishi mumkinligi haqida yozdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia