Sho'rtan yoshlari hokim kubogida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2016
Bahodir Shaymardanov boshchiligidagi “Sho'rtan” jamoasining yoshlar tarkibi 2 fevral kuni yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishdi.

Yosh “Oq burilar” yig'inni G'uzordagi qarorgohlarida davom ettirishmoqda. Tayyorgarlikning ushbu eng qizg'in hisoblanmish jarayonida “Sho'rtan” yoshlarining Qashqadaryo viloyati hokimi Kubogida ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Ushbu musobaqadagi “Sho'rtan” jamoasining raqiblari esa, bugun soat 14:00da, Qashqadaryo futbol federatsiyasida bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimidan so'ng aniq bo'ladi.

Bundan tashqari, g'uzorlik yoshlar dam olish kunlari va tanaffuslar davomida bir qator o'rtoqlik - nazorat uchrashuvlarini o'tkazishni ham rejalashtirgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz