"Sho'rtan": Vostrikov jiddiy jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2014
Oliy ligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan “Oq bo'rilar” jamoasining yetakchi hujumchisi Aleksandr Vostrikov 2014 yilgi birinchilikning ikkinchi bosqich o'yinlariga tayyorgarlik ko'rilayotgan pallada elkasidan shikastlangan edi.
Ma'lum bo'lishicha, bu jarohat jiddiy bo'lib chiqdi va futbolchi bundan bir necha kun ilgari Toshkentda jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi. Klub shifokorlarining bergan ma'lumotlariga ko'ra Vostrikov chamasi bir yoki bir yarim oy mobaynida safga qayta olmas ekan. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz