

Tayyorgarlik davomida oliy liga vakili “Olmaliq” jamoasi bilan o'zaro nazorat uchrashuvi o'tkazishdi, ushbu uchrashuvda “oq bo'rilar” 3:1 hisobida ustun kelishdi.
12 oktyabr kunidan boshlab jamoa o'z qarorgohida yig'ilgan “Sho'rtan” jamoasi navbatdagi “Buxoro” jamoasi bilan bo'lib o'tadigan bahsga jiddiy tayyorgarlik olib borishmoqda.
Ertaga jamoa Buxoro shaxriga yo'lga otlanishadi va so'nggi kechki tayyorgarlik mashg'ulotlarini “Buxoro” klubi stadionida ham o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, “Sho'rtan” jamoasi navbatdagi 25-tur uchrashuvini safarda “Buxoro” jamoasi qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 16 oktyabr jma kuni bo'lib o'tadi.
Faxriddin CHORIEV



