Bu haqda klub matbuot xizmati saytimizga rasman ma'lum qildi. Mazkur yig'in ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi sanaladi. Rejaga ko'ra mashg'ulotlar Qibray tumanidagi “Do'rmon” stadionida kuniga ikki mahaldan olib boriladi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, davralar oralig'ida jamoani bir qator yetakchi futbolchilar tark etib, ular ayni paytda o'zga klub yig'inlarida ishtirok etmoqda. Ammo klub rasmiylarining aytishlaricha, ketgan futbolchilarning barchasi bilan “Sho'rtan” klubini amalda shartnomasi mavjud. Shu bois hozircha hech kimni rasman “Sho'rtan” bilan xayrlashdi deya olmaymiz.
Bosh murabbiy Zoir To'raqulov Toshkentdagi yig'in mobaynida bir yangi nomlarni ko'rikdan o'tkazadi. Jamoa safiga qo'shilishi kutilayotganlarning ko'pchiligi, asosan yosh istedodli futbolchilar ekanligi aytilmoqda. Yig'in chog'ida klub murabbiylar shtabi o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etishni ham e'tibordan chetda qoldirmayapti. Masalan “Sho'rtan” 25 iyul kuni oliy liga vakili “So'g'diyona” bilan, 27 iyulda esa birinchi liganing yetakchi klublaridan biri bo'lgan “NBU-Osiyo”ga qarshi sinov-nazorat bahsini tashkil etishga kelishib olgan. Aynan mana shu o'yinlar orqali To'raqulov asosiy tarkibning negizini aniqlab olishni rejalashtirgan.
Islombek Rustambekov