"Sho'rtan" bugun "NBU-Osiyo" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2013
Oliy liga ishtirokchisi "Sho'rtan" bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Bu galgi raqib Toshkentning "NBU-Osiyo" jamoasi bo'ldi. Avval xabar berib o'tganimizdek, "Sho'rtan" tarkibiga bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tish uchun kelishgan. Bular Andrey Vlasichev, Aziz G'ulomxo'jaev (ikkalsi "Qizilqum"), Abduvali Mo'minov (Qozog'iston birinchi divizioni jamoasidan), Ravshan Abduvohidov ("Chust-Paxtakor"), Sanjar To'raqulov ("Nuriston"), Mahmud Abdurahmonov ("Zomin") kabi futbolchilardir.

Shuningdek yoshlar jamoasida o'zini ko'rsatishga erishgan bir qator futbolchilar ham Toshkentdagi yig'inga jalb etilgan. Bosh murabbiy Zoir To'raqulov bugungi o'yinda futbolchilarning yana bir bor imkoniyatini chamalab oldi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, "NBU-Osiyo" bilan 2:2 ko'rinishida durang qayd etilgan. "Sho'rtan" mazkur o'yinda quyidagicha tarkibda to'p surgan.

"Sho'rtan": Aleksandr Korneychuk, Asror Aliqulov, Aziz G'ulomxo'jaev, Zohid Raupov, Sanjar To'raqulov, Ibrohim Otaxonov, Olim Karimov, Aleksandr Vostrikov, Abduvali Mo'minov, Pavel Solomin, Botir Qodirqulov.
Zaxiradan tushganlar: Yaroslav Krushelnickiy, Andrey Vlasichev, Abbos Omonov, Elyor Intizomov, Mahmud Abdurahmonov, Shahzod Xursanov, G'ulom Rahmonov, Tolib Ochilov, Ravshan Abduvohidov, Yusuf Bo'riev, Bobur To'raev, Umar Eshmurodov.

G'uzorliklarning ikkin goliga Olim Karimov bilan Pavel Solomin muallif qildi.

"NBU-Osiyo"dan o'tish kelgan darvozabon Mixail Spiridinov mazkur o'yindan keyin ortiga qaytib ketdi. "Paxtakor" posboni Temur Jo'raevning transfer masalasida ayni paytda jamoalar o'rtasida muzokara ketmoqda. Agar tomonlar o'zaro kelishuvga erishsa, Jo'raev ikkinchi davrani "Sho'rtan"da o'tkazishi mumkin.

"Sho'rtan" endi 30 iyul kuni yana bir nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib jamoa nomi esa shu kunlarda aniq bo'ladi.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia