Shon Rayt-Fillips futbolchilik faoliyatini yakunladi

Alisher
24 avg 2019
Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Shon Rayt-Fillips faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

37 yoshli xavbek "Finiks" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng deyarli 2 yildan beri klubsiz edi.

Shon faoliyati davomida "Manchester Siti", "Chelsi", KPR, "Nyu-York Red Bullz" va "Finiks" klublari sharafini himoya qilgan.

U Angliya terma jamoasi safida 36ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.

Shon-Rayt faoliyati davomida 2005/06 yilgi mavsumda Angliya chempionligiga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports