Shomurodovning "Roma"dagi yillik maoshi ochiqlandi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2021
"Jenoa" forvardi Eldor Shomurodov ijara asosida "Roma"ga o'tishga yaqin.

Rim klubi 26 yoshli futbolchiga bir mavsum uchun 2 million evro to'laydi.

Oldinroq Shomurdovning "Jenoa"dan ijaraga olinishi "Roma"ga 2,5 million evroga tushishi aytilgandi.

Kelishuvga ko'ra, agar "Roma" Chempionlar Ligasiga yo'l olsa, futbolchi 15 million evroga sotib olinadi.

Shomurodov o'tgan mavsumda A Seriya doirasidagi 31 o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ