Shomurodovga A Seriyaning yana ikki klubi qiziqmoqda. “Roma” Eldorning transferidan 10 mln evro ishlamoqchi

Eldor Akmurzayev
25 dek 2022, 08:55
Bu haqda “Calciomercato” xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov “Sampdoriya” hamda “Fiorentina” klublarining qiziqish doirasiga tushgan. Rimliklar 27 yoshli forvardning transferi uchun 10 mln evro talab qilmoqda, ammo unga da'vogar klublar bu summani to'lashga tayyor emas.

Avvalroq, O'zbekiston MTJ sardoriga “Torino” hamda “Kremoneze” qiziqayotgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calciomercato