Shomurodov va “Rostov”ning qolgan a'zolari koronavirusga test topshirdi

Eldor Akmurzayev
20 may 2020, 22:10
Bu haqda rostovliklar sayti xabar bermoqda.

Klub futbolchi, murabbiy va xodimlari COVID-19 tahlilidan o'tishdi. Sinovlarga ko'ra, barcha testlar salbiy natijani ko'rsatgan.

“Sariq-ko'klar” deyarli to'liq tarkibda Rostov-na-Donuda bo'lib turibdi.  Yaqin orada Dennis Xadjikadunich Shvetsiyadan qaytishi  va individual mashg'ulotlarni boshlashi kutilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, RPL joriy mavsum restarti 21 iyunga belgilangan. 22 turdan keyin “Rostov” musobaqa jadvalida 4-o'rinda borayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: www.fc-rostov.ru