Shomurodov to'purarlar poygasida yetakchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2019, 18:25
Rossiya Premer-ligasining 4-turida "Rostov" "Ural" mehmoni bo'ldi.

Bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Rostovliklar safida gollarga Byorn Sigurdarson va hamyurtimiz, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov mualliflik qilishdi. O'tgan mavsum bor-yo'g'i 3ta gol urgan Shomurodovga ushbu natijani qayd etish uchun atigi 4ta uchrashuv kerak bo'ldi. Ayni damda Eldor Shomurodov Rossiya Premer-ligasi to'purarlar reytingida "Krilya Sovetov" futbolchisi Aleksandr Sobolev bilan yetakchilik qilmoqda.

Rossiya Premer-ligasi to'purarlari
O'rinFutbolchiKlubGollari soni
1Eldor ShomurodovRostov3
2Aleksandr SobolevKrilya Sovetov3
3Vladimir IlinUral2
4Yuriy BavinUral2
5Danil FominUfa2
6Sardor AzmunZenit2
7Aleksey IonovRostov2
8Erik BikfalviUral2
9Artyom DzyubaZenit2
10Ivan IgnatevKrasnodar2

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia