Shomurodov Shishelov va Solievning natijasini takrorladi

Iskandarov Abdulaziz
27 mar 2024
O'zbekiston - Gonkong uchrashuviga oid qiziqarli ma'lumotlarni berishda davom etamiz.

Terma jamoamiz 2 ta o'yin natijasiga ko'ra raqibini umumiy 5:0 hisobida taslim qildi. Gollarga Eldor Shomurodov (2 ta), Rustam Ashurmatov, Xojimat Erkinov, Oston O'runov mualliflik qildi. Shu tariqa Shomurodov Gonkong bilan o'yinlar to'purarlari Vladimir Shishelov va Anvar Solievga yetib oldi. Endilikda o'zaro uchrashuvlardagi to'purarlar ro'yxatida 3 nafar futbolchida 2 tadan gol mavjud. 

To'purarlar

Anvar Soliev 2 

Vladimir Shishelov 2

Eldor Shomurodov 2

Azamat Abduraimov 1

Andrey Akopyanc 1

Nikolay Shirshov 1 

Maksim Shackix 1

Vohid Shodiev 1

Odil Ahmedov 1 

Rustam Ashurmatov 1

Xojimat Erkinov 1

Oston O'runov 1


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia