

Birozdan keyin "Milan" Genuyada "Jenoa" mehmoni bo'ladi.
Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, mezbonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov "rossonerilar"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi. Bugun otalik baxtiga erishgan yurtdoshimizga ushbu bahsda ham omad tilab qolamiz.
Eslatib o'tamiz, "Jenoa" ustozi Rolando Maran "Yuventus"ga qarshi 11-tur bahsida Eldorni zahirada qoldirgan va o'yinning 73-daqiqasida Marko Pyacaning o'rniga tushirgan edi.



